Masʼul shaxs tomonidan tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini yoxud traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha oʻqishni tugatganligi haqidagi guvohnomani berishda taʼlim oluvchining oʻquv dasturini oʻzlashtirganligi yoki yakuniy imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi soxta maʼlumotlarni oʻquv jurnallariga, yoʻl varaqalariga yoki imtihon komissiyasi bayonnomasiga kiritish yoxud ushbu soxta maʼlumotlarga asoslanib guvohnoma berish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Masʼul shaxs tomonidan avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga asos boʻladigan maxsus sertifikatni yoki traktorchi-mashinist guvohnomasini berishda nomzodning nazariy va amaliy imtihonlar natijalari toʻgʻrisidagi soxta maʼlumotlarni taʼlim oluvchining imtihon varaqasiga yoki imtihon natijalari bayonnomasiga kiritish yoxud ushbu soxta maʼlumotlarga asoslanib maxsus sertifikat berish, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar: a) takroran; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa; v) ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlik