Jinoyat kodeksi 231-modda. Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish

Oldindan bila turib, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish — ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.