Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, yaʼni mulk (pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan boʻlsa, uni oʻtkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yoʻli bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek bunday pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, koʻchirish usulini, pul mablagʻlariga yoki boshqa mol-mulkka boʻlgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.