Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy jihozlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin yoxud ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) koʻp miqdorda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; g) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa; d) badanga oʻrtacha ogʻir yoxud ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa; e) dori vositalarining yoki tibbiy jihozlarning sifati va davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) juda koʻp miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa; v) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) odamlar oʻlimiga sabab boʻlsa; b) boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin yoki koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha o