Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga olish, berish, tashishning yoki joʻnatishning belgilangan qoidalarini buzish, agar bu ehtiyotsizlik orqasida ularning talon-toroj qilinishiga yoxud boshqa tarzda jiddiy ziyon yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.