Jinoyat kodeksi 278-5-modda. Kompyuter sabotaji

Oʻzganing kompyuter uskunasini yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji) — uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.