Jinoyat kodeksi 295-modda. Harbiy mulkni behuda sarflash, yoʻqotish yoki ishdan chiqarish

Harbiy mulkni behuda sarflash, yaʼni muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining shaxsan oʻzi foydalanishi uchun berilgan harbiy aslaha-anjomlarni sotishi, foydalanish uchun birovga berishi yoki garovga qoʻyishi — bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Xizmatda foydalanish uchun ishonib topshirilgan qurol, oʻq-dori, harakat qilish vositalari, texnika taʼminoti buyumlarini saqlash qoidalarini buzish natijasida ularni yoʻqotish yoki ishdan chiqarish, — ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.