Ishni tergov qilish yoki sudda koʻrish vaqtida sharoit oʻzgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish oʻzining ijtimoiy xavfliligini yoʻqotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Ishni tergov qilish yoki sudda koʻrish vaqtida sharoit oʻzgarganligi tufayli jinoyat sodir etgan shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotgan deb topilsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.