Jinoyat kodeksi 7-modda. Insonparvarlik prinsipi

Jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini koʻzlamaydi. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli boʻladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilishi kerak. Jazolashdan koʻzlangan maqsadga ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qoʻllash orqali erishib boʻlmaydigan taqdirdagina ogʻirroq jazo choralari tayinlanishi mumkin.