Oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga quyidagi asosiy jazolar qoʻllanilishi mumkin: a) jarima; a ¹ ) majburiy jamoat ishlari; b) axloq tuzatish ishlari; v ¹ ) ozodlikni cheklash; g) ozodlikdan mahrum qilish. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻshimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas.