Jinoyat kodeksi 96-modda. Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash

Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud boʻlsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan boʻlsa, tibbiy muassasalarda majburiy davolanishi lozim. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan boʻlsa, ularni davolash jazoni oʻtayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni oʻtab boʻlganidan keyin agarda davolashni davom ettirishga zarurat boʻlsa, umumiy asosda tibbiy muassasalarda davolanadi.

MAXSUS QISM