Jinoyat-protsessual kodeksi 11-modda. Qonuniylik

Sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, himoyachi, shuningdek jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi barcha shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi , ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga aniq rioya etishlari va ularning talablarini bajarishlari shart. Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga koʻra yuz berganidan qatʼi nazar, jinoyat protsessida qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.