Jinoyat-protsessual kodeksi 150-modda. Murdani eksgumatsiya qilish bilan bogʻliq protsessual harakatlar

Eksgumatsiya ekspertiza qilish maqsadida oʻtkazilayotgan boʻlsa, ekspertiza oʻtkazish haqida qaror yoki ajrim chiqarilishi lozim. Bunda murda ekspertiza muassasasiga joʻnatiladi yoki ekspertiza murda koʻmilgan joyning oʻzida oʻtkaziladi. Murdani koʻzdan kechirish, tanib olish va ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish ushbu Kodeksning 125 , 126 , 131 , 138 , 188 — 191 , 193 va 197-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida amalga oshiriladi.