Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Unda: ekspertiza tayinlash uchun asos boʻlgan sabablar; ekspertizaga yuborilayotgan ashyoviy, yozma va raqamli dalillar yoki boshqa obyektlar, ularning qachon, qayerda va qaysi holatda topilganligi va olinganligi; ish materiallari boʻyicha ekspertiza oʻtkazishda esa ekspert xulosasi asoslanishi lozim boʻlgan maʼlumotlar; ekspert oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertiza muassasasining nomi yoki ekspertiza oʻtkazish topshirilgan shaxsning familiyasi koʻrsatilishi lozim. Zarur hollarda ekspertiza jinoyat ishi qoʻzgʻatilishidan oldin ham tayinlanishi mumkin. Ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim unga taalluqli shaxslar uchun majburiydir.