Jinoyat-protsessual kodeksi 190-modda. Namuna olinishi mumkin boʻlgan shaxslar

Ekspert tekshiruvi uchun namunalar gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ustidan ish yuritilayotgan shaxsdan olinishi mumkin. Hodisa sodir boʻlgan joyda yoki ashyoviy dalillarda boshqa shaxslar tomonidan ham iz qoldirilgan boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida yetarlicha asoslar boʻlgan taqdirda shu shaxslardan ham ekspert tekshiruvi uchun namuna olinishi mumkin.