Jinoyat-protsessual kodeksi 200-modda. Hujjatlarni ularning egasi boʻlmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish

Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki oʻzlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilishga haqlidirlar.