Jinoyat-protsessual kodeksi 260-modda. Shaxsni lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirish oqibatida yetkazilgan ziyonni qoplash

Shaxsning lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani oqibatida yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan yoki jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tugatilgan boʻlsa, toʻla hajmda qoplanadi.