Bevosita jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, shuningdek jabrlanuvchini dafn etish yoki uning statsionarda davolanish xarajatlarini hamda sugʻurta tariqasida unga toʻlangan pul, nafaqa yoki pensiya pulini undirish toʻgʻrisidagi fuqaroviy daʼvolar jinoyat protsessida koʻriladi. Fuqaroviy daʼvoning sudlovga tegishliligi bu daʼvo qoʻzgʻatilgan jinoyat ishining qaysi sudlovga tegishliligiga qarab aniqlanadi.