Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning pul toʻlovini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan manfaatdor shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatda sudga shikoyat qilishlari mumkin. Sudning toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan manfaatdor shaxslar yuqori sudga umumiy tartibda shikoyat qilishlari, prokuror esa protest kiritishi mumkin.