Jinoyat-protsessual kodeksi 322-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish sabablari va asoslari

Jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun: 1) shaxslarning arizalari; 2) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar; 3) ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar; 4) jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar va izlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning bevosita oʻzi aniqlashi; 5) aybini boʻyniga olish haqidagi arz sabab boʻladi. Jinoyat belgilari mavjudligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun asos boʻladi.