Jinoyat-protsessual kodeksi 335-modda. Jinoyat toʻgʻrisidagi arizani (xabarni) tergovga tegishliligiga qarab yuborish

Arizani (xabarni) tergovga tegishliligiga qarab yuborishga ushbu tuman (shahar) hududidan tashqarida sodir etilgan jinoyat haqida xabar berilgan va jinoyat ishini qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tekshirish harakatlarini jinoyat sodir etilgan tumanda (shaharda) oʻtkazish zarur boʻlgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.