Jinoyat-protsessual kodeksi 337-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishning qonuniyligi ustidan prokuror nazorati

Jinoyat ishini qoʻzgʻatishning qonuniyligi ustidan nazorat olib borayotgan prokuror: 1) jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishga va ish qoʻzgʻatishni rad qilishga; 2) jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishga va ayni vaqtda ish qoʻzgʻatishga haqlidir.