Tergovchi jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etish uchun jamoatchilikni jalb qilishga haqlidir. Shu maqsadda u jamoat birlashmalariga, jamoalarga, aholiga jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik maʼlumotlar haqida xabar qilishni, qidirilayotgan shaxslar yoki narsalar turgan joyni koʻrsatishni soʻrab murojaat qiladi. Jamoat birlashmalari va jamoalar tergovchining iltimosiga koʻra, ayrim tergov harakatlarida ishtirok etish uchun oʻz oralaridan xolislar, tarjimonlar, mutaxassislarni tavsiya qilishlari mumkin. Jamoatchilik vakillari boʻlmish xolislarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli protsess ishtirokchilarining huquqlari va burchlari toʻgʻrisidagi qoidalari toʻliq tatbiq etiladi.