Jinoyat-protsessual kodeksi 38-1-modda. Surishtiruvchining vakolatlari

Surishtiruvchi: jinoyat ishini qoʻzgʻatishga va tugatishga, ishni qoʻzgʻatishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va soʻroq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish haqida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi mustasno; oʻz yurituviga qabul qilgan ishlar boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish haqida yozma topshiriqlar berishga; boshqa surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish toʻgʻrisida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish toʻgʻrisidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda koʻmaklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 243¹-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki oʻzgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga; Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida, telefonlar va boshqa telekommunikats