Jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv: 1) ichki ishlar organlarining; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining va uning joylardagi boʻlinmalarining; 3) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining va uning joylardagi boʻlinmalarining; 4) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining va uning joylardagi boʻlinmalarining; 5) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining va uning joylardagi boʻlinmalarining surishtiruvchilari tomonidan amalga oshiriladi.