Jinoyat-protsessual kodeksi 39-1-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar

Tergovga qadar tekshiruv quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi: 1) ichki ishlar organlari; 2) harbiy qismlar, qoʻshilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy oʻquv yurtlarining boshliqlari — ularga boʻysunuvchi harbiy xizmatchilar, shuningdek oʻquv mashqlari oʻtkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq jinoyatlari yoki qism, qoʻshilma, muassasa yoxud oʻquv yurti joylashgan yerda sodir etgan jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha; 3) davlat xavfsizlik xizmati organlari — qonunga koʻra ularning yuritishiga berilgan ishlar boʻyicha; 4) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni oʻtashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; 5) davlat yongʻindan nazorat qilish organlari — yongʻinlarga doir va yongʻinga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar boʻyicha; 6) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini buzganlikka doir ishlar boʻyicha; 7) olis safarda boʻlgan dengiz kemalarining kapitanlari; 8) davlat bojxona xizmati organlari — bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikka doir ishlar boʻyicha; 9) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari — ularning yurituviga taalluqli ishlar boʻyicha; 10) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi boʻlinmalari — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovl