Jinoyat-protsessual kodeksi 396-modda. Sudga kelib tushgan jinoyat ishi boʻyicha aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar

Sudya ushbu Kodeks 395-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan masalalarni hal etishda jinoyat ishi boʻyicha har bir ayblanuvchiga nisbatan quyidagi holatlarni aniqlashi kerak: 1) ish mazkur sudning sudloviga tegishlimi; 2) ishning sud majlisida koʻrilishi uchun asoslar yetarlimi; 3) surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish chogʻida ushbu Kodeksning talablariga rioya qilinganmi; 4) ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻri tanlanganmi; 5) jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilganmi; 6) ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi ushbu Kodeksning talablariga muvofiq tuzilganmi; 7) dastlabki eshituv oʻtkazish uchun asoslar bormi.