Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatiladi: 1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; 2) sudyaning lavozimi va familiyasi; 3) ayblanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va Jinoyat kodeksining unga nisbatan ayblov qoʻyilayotgan moddasi; 4) iltimosnoma kiritgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va protsessual maqomi; 5) dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun asoslar; 6) dastlabki eshituv ishtirokchilari; 7) dastlabki eshituv oʻtkaziladigan joy va vaqt.