Basharti ishni muhokama qilish uzoq vaqt talab qiladigan boʻlsa, ishda zaxiradagi xalq maslahatchisi qatnashishi mumkin boʻlib, u ishni muhokama qilish boshlangan paytdan eʼtiboran sud majlisi zalida hozir boʻladi va sudyaning huquqlaridan foydalanadi, sud maslahatlashuvlarida va ish boʻyicha qaror chiqarish vaqtida qatnashish huquqi bundan mustasno. Xalq maslahatchisi sud tarkibidan chiqib ketgan taqdirda zaxiradagi xalq maslahatchisi uning oʻrnini egallaydi va ishni muhokama qilish davom etadi.