Jinoyat-protsessual kodeksi 439-modda. Sud tergovining boshlanishi

Raislik qiluvchi sud tergovi boshlanishi toʻgʻrisida eʼlon qiladi. Sud tergovi ayblov xulosasining xulosa qismida bayon etilgan, sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovni yoxud ayblov dalolatnomasida bayon etilgan ayblovning mazmunini davlat ayblovchisi tomonidan oʻqib eshittirishdan boshlanadi. Raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblovning mohiyati unga tushunarli yoki tushunarsiz ekanligini va oʻz aybiga iqrorligi yoki iqror emasligini soʻraydi.