Jinoyat-protsessual kodeksi 451-modda. Sudlanuvchining oxirgi soʻzi

Taraflarning muzokarasi tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga oxirgi soʻz beradi. Sudlanuvchining oxirgi soʻzi vaqtida unga hech qanday savol berishga yoʻl qoʻyilmaydi. Sud sudlanuvchining oxirgi soʻzini muayyan muddat bilan cheklab qoʻyishi mumkin emas, lekin raislik qiluvchi sudlanuvchining soʻzini, u ishga mutlaqo aloqasi yoʻq holatlarni bayon qila boshlagan hollarda, toʻxtatishga haqlidir.