Jinoyat-protsessual kodeksi 489-modda. Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi

Quyidagilar Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi deb eʼtirof etiladi: 1) Jinoyat kodeksi Umumiy qismi moddalarining talablari buzilganligi; 2) jinoyatning Jinoyat kodeksining qoʻllanilishi lozim boʻlgan moddasi (moddaning qismi, bandi) oʻrniga boshqa moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan tavsiflanganligi; 3) mahkumga Jinoyat kodeksining mazkur moddasida nazarda tutilmagan jazo turi va meʼyori tayinlanganligi.