Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibida berilgan shikoyatni (xususiy shikoyatni) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan joy va sana; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi; 3) taftish tartibida shikoyatni (xususiy shikoyatni) bergan shaxs haqidagi maʼlumotlar; 4) hukm, ajrim chiqargan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining nomi, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining hukmi, ajrimi chiqarilgan sana; 5) taftish tartibida berilgan shikoyatning (xususiy shikoyatning) mazmuni; 6) taftish tartibidagi shikoyatni (xususiy shikoyatni) koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish sabablari va asoslari; 7) ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻrib chiqish joyi va sanasi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyatni (xususiy shikoyatni) oʻzi chiqargan ajrim bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga jinoyat ishi bilan birga oʻtkazadi.