Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini va ayblanuvchini soʻroq qilish himoyachi, qonuniy vakil ishtirokida amalga oshiriladi. Himoyachi va qonuniy vakil gumon qilinuvchiga va ayblanuvchiga savollar berishga haqli. Soʻroq yakunlangach, himoyachi va qonuniy vakil bayonnoma bilan tanishishga va u haqda oʻz mulohazalarini bildirishga haqli. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini soʻroq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda olti soatdan oshmasligi kerak.