Voyaga yetmagan shaxsni ota-onasi, vasiylar, homiylar yoki bolalar muassasasi rahbarlarining qaroviga topshirish mazkur shaxslardan birontasi voyaga yetmaganning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga va sudga oʻz vaqtida kelishini, shuningdek ayblanuvchining ushbu Kodeks 46-moddasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishini taʼminlash masʼuliyatini yozma ravishda oʻz zimmasiga olishidan iboratdir. Voyaga yetmaganni ota-onasining, vasiylarning, homiylarning yoki boshqa shaxslarning qaroviga topshirish ularning, shuningdek voyaga yetmagan shaxsning oʻzining roziligi bilangina amalga oshiriladi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud voyaga yetmagan shaxsni qarovga topshirishdan oldin ota-onalar, vasiylar yoki homiylarning shaxsi, ularning voyaga yetmagan shaxs bilan oʻzaro munosabati haqida maʼlumot toʻplashi va ular oʻsmirni qarov ostiga olishni lozim darajada amalga oshirishga qodir ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Ota-onalar, vasiylar, homiylar oʻzlarining kasalliklari, ish bilan band ekanliklari, voyaga yetmagan shaxs bilan oʻzaro munosabatlari yomonlashganligi va shuning oqibatida uning munosib xulq-atvorda boʻlishini taʼminlay olmasliklari sababli voyaga yetmagan shaxs oʻz qarovlarida boʻlishidan istagan vaqtda voz kechishga haqlidir. Ota-onalardan, vasiylardan, homiylardan bolalar muassasasi rahbarlaridan voyaga yetmagan shaxsni qarovga qabul qilish haqida tilxat olinayotganda ular ushbu ehtiyot chorasi qoʻllanishiga asos boʻlgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga tayinlanishi mumkin boʻlgan jazo va voyaga yetmagan shaxs sodir etishi ehtimol tutilgan qilmishlarning oldini olish maqsadida qarovga berilganidan keyin u xuddi ana shu xatti-harakatlarni sodir etsa, qarovga oluvchilarning javobgarligi haqida xabardor qilinishi lozim. Bu maʼlumotlar qarovga berish bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Ayblanuvchi oʻz vazifasini bajarmagan taqdirda uni oʻz qaramogʻiga olgan shaxs qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka t