Jinoyat-protsessual kodeksi 567-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasi

Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ayblanuvchining, sudlanuvchining yoxud ishga ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida jalb qilinmagan shaxsning ruhiy holatining buzilganligi masalalari yuzasidan uning jinoyat sodir etganligi yoki Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligi haqida ishonarli dalillar mavjud boʻlgan taqdirda, surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritish va sud muhokamasi vaqtida mazkur shaxsning aqli norasoligi yoki ruhiy holatining buzilganligi toʻgʻrisida asosli shubha tugʻilgan boʻlsa, sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlaydi.