Jinoyat-protsessual kodeksi 598-modda. Jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etish

Xorijiy davlat vakolatli organining xorijiy davlat hududida jinoyat sodir etgan va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Bunday hollarda jinoyat ishini yuritish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda olib boriladi. Jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilgan organ qarorning koʻchirma nusxasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboradi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qaror haqida xorijiy davlatning soʻrovni yuborgan vakolatli organini yozma ravishda xabardor qiladi. Mazkur organning iltimosiga koʻra jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qarorning koʻchirma nusxasi ham yuborilishi mumkin.