Jinoyat-protsessual kodeksi 67-modda. Ekspert

Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxs ekspert sifatida chaqirilishi mumkin. Ekspert chaqirish, ekspertiza tayinlash va oʻtkazish ushbu Kodeksning 172 — 187-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.