Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaatlar sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan tarzda tartibga solinadi. Ushbu Qonunning amal qilishi: koʻrib chiqish tartibi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, xoʻjalik protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga; davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy boʻlinmalarining oʻzaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.