Mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar va voqealarni oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin. Parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari orasidan tenglik asosida maxsus komissiya tuzilib, u oʻz faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshiradi.