Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 114-modda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va vazirlardan iborat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi. Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatini ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan asosiy yoʻnalishlari doirasida amalga oshiradi.