Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 142-modda

Advokat oʻz kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi. Advokatga oʻz himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar taʼminlanadi. Advokat, uning shaʼni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida boʻladi va qonun bilan muhofaza qilinadi.