Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish hamda amalga oshirish, davlat organlarining, ommaviy axborot vositalarining, fuqarolik jamiyati institutlarining va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish, shuningdek mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik boʻyicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oʻz vakolatlari doirasida: korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantiradi va amalga oshiradi; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlarni shakllantirish va amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi; mamlakatdagi korrupsiya holatini tizimli tahlil qiladi, shuningdek korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan sohalarni hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini aniqlaydi; har yili Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida milliy maʼruza tayyorlaydi hamda uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritadi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining korrupsiyaga qarshi kurashishga daxldor boʻlgan qoʻmitalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining tegishli qoʻmitasi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari bilan hamkorlik qiladi; korrupsiyaga oid jinoyatlarni, birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga va xalqaro obroʻsiga putur yetkazadigan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi, uning yakunlari toʻgʻrisida Oʻzbeki