Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida 16-modda. Litsenziyaning amal qilish muddati

Faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini (kichik turlarini) amalga oshirish uchun litsenziyalar ularning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi, bundan quyidagilarni amalga oshirish uchun litsenziyalar mustasno: tibbiy faoliyat; farmatsevtika faoliyati; mineral oʻgʻitlarning, oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyat; Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyat; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat; tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik vositasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish yoki tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish faoliyati; koʻchma radiotelefon (uyali) aloqadan va teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlaridan foydalanish hamda ularning xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyat; neftni, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) hamda gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat; affinaj faoliyati; lotereyalar tashkil etish faoliyati; bukmekerlik faoliyati; Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyati. Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oʻn uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan faoliyat turlarini (kichik turlarini) amalga oshirish uchun litsenziyalarning amal qilish muddatlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarda va ularning pasportlarida belgilanadi, lekin bu muddatlar besh yildan kam boʻlmasligi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach, u litsenziatning arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish t