Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilangan hollarda hamda miqdorlarda yigʻim undiriladi. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yigʻim summasi qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.