Litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq maxsus qogʻoz blankalarida rasmiylashtirishni talab qiladigan hujjatlar mustasno. Barcha turdagi litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning toʻgʻriligini tekshirish mazkur hujjatlarga tushiriladigan yagona QR-kodni (matrik shtrixli kodni) tegishli reyestrda koʻrsatilgan axborot bilan solishtirib koʻrish orqali amalga oshiriladi. Bunda qogʻoz shaklidagi litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.