Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida 28-modda. Talabgorlarning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqish

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari maxsus elektron tizim orqali elektron shaklda amalga oshiriladi, bundan davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni oʻz ichiga olgan litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari mustasno. Talabgorning arizasi ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda barcha zarur hujjatlar bilan qabul qilib olingan sanadan eʼtiboran vakolatli organ tomonidan uni koʻrib chiqish, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uni berishni rad etish muddati yigirma ish kunidan oshmasligi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatning ayrim litsenziyalanadigan turlari va amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish zarur boʻlgan faoliyat (harakatlar) turlari uchun ularning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda talabgorlarning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddatlarini yigirma ish kunidan ortiq etib belgilashi mumkin. Vakolatli organ, zarur boʻlgan taqdirda, oʻz mablagʻlari hisobidan tegishli xulosalarni tayyorlash uchun ekspertlarni shartnoma asosida jalb etishga haqli. Vakolatli organ litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay uni maxsus elektron tizimga joylashtiradi va talabgorni mazkur qaror joylashtirilgan paytdan eʼtiboran bir ish soatidan oshmagan muddatda maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda xabardor qiladi. Agar vakolatli organ talabgorning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddati mobaynida talabgorga litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bermasa