Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat quyidagi hollarda bekor qilinadi: litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etganda; yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini yoki harakatlarni (faoliyatni) amalga oshirish uchun litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshib yuborilishi mustasno; yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda; jismoniy shaxsning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda; litsenziya berilganligi uchun davlat boji yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yigʻim belgilangan muddatda toʻlanmaganda; litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turishiga olib kelgan holatlarni vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda; vakolatli organning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda; litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) buzilganda; litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarlik fuqarolarning hayoti