Ushbu Qonunda, shuningdek xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda va xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga ilovalar hisoblanuvchi pasportlarda belgilangan talablarga va shartlarga rioya qilingan holda yuborilgan xabarnoma maxsus elektron tizim vositasida avtomatik ravishda qabul qilinadi va xabardor qiluvchiga xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma yuboriladi. Tasdiqnoma yuborilgan xabardor qiluvchilar toʻgʻrisidagi axborot xabarnomalar reyestrida avtomatik ravishda shakllantiriladi.