Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida 44-modda. Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish asoslari

Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari): xabardor qiluvchi tomonidan oʻz faoliyatini (harakatlarini) tugatish toʻgʻrisida vakolatli organga yuborgan xabarnomaga; xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish toʻgʻrisidagi sudning qaroriga asosan tugatiladi.